Bilyardchilarimiz jahon chempionati yarim finalida
Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida bilyard bo‘yicha o‘tayotgan navbatdagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar a’zosi yarim finalga yo‘l oldi.
Bugun, 25 aprel kuni o‘tadigan yarim final bahslarida hamyurtlarimizdan Nodirbek Mirzayev rossiyalik Nikolay Volodin bilan, Aleksandr Sidorov qirg‘izistonlik Izatbek Ratbekov bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Chempionatning ortda qolgan o‘yinlari sarhisobiga ko‘ra, o‘zbekistonlik bilyardchilardan jamoa sardori Jamoliddin Qo‘chqorov 9-16-pog‘onalardan joy olgan bo‘lsa, Zuhriddin Hoshimov, Ahror Xatanov, Abdullo Xoliqov, Suhrob Pirmatov, Ma’ruf Yo‘ldashev, Nurbek Salomov 17-32-o‘rinlarni egallashdi.
Jahon chempionatining final va 3-o‘rin uchun kechadigan bahslari 27 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA