Bilimli va tashabbuskor talaba
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Zooinjereniya fakulteti baliqchilik ta’lim yo‘nalishining 4-bosqich talabasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi Biybisanem Kenesbayeva o‘zining ziyrakligi, ta’lim olishga bo‘lgan intilishi tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
Biybisanem nafaqat institut, balki mamlakat miqyosida o‘tkazilayotgan turli tanlov, ilmiy-amaliy anjuman va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib keladi. Bir qancha fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan.
[gallery-29345]
Uning ko‘plab ilmiy maqolalari va tezislari nufuzli nashrlarda chop etilgan. Shuningdek, u chet tillarini o‘rganishga ham astoydil kirishgan. Tengdoshlari orasida namunali xulqi, kamtarligi va izlanuvchanligi bilan alohida e’tibor va hurmat qozongan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA