Belarusda “O‘zbek kinosi kunlari”
Belarus Respublikasining Minsk shahrida ilk bor “O‘zbek kinosi kunlari” bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, u yerda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Ezgu film" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” tarixiy badiiy filmi, “Islomxo‘ja” tarixiy badiiy filmi namoyish etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor Shuhrat Abbosovning “Sen yetim emassan” badiiy filmi namoyish qilindi. Kinematografiya agentligi Axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shni davlat kino muxlislari tomonidan o‘zbek filmlari iliq kutib olindi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA