Bayrog‘imiz – g‘urur va iftixorimiz
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Andijon viloyatida ham turli tadbirlar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Andijon viloyatida ham turli tadbirlar tashkil etildi.Shaharning Xotira xiyobonida o‘tkazilgan shunday tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik ishtirok etdi. Bayrog‘imiz xalqaro miqyosda mamlakatimiz obro‘-e’tiborini yuksaltirish, yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.


Tadbir doirasida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti viloyat kengashining «Avtotarg‘ibot» guruhi Davlatimiz bayrog‘i bilan bezatilgan avtomashinalarda shaharning Islom Karimov – Bobur – O‘zbekiston – Alisher Navoiy – Amir Temur ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi. Bayroqdor avtomobillar kutib olingan Andijon – Asaka magistral yo‘li boshida 1000 metr masofaga yugurish bo‘yicha marafon o‘tkazildi.