Bayram munosabati bilan şifokorlar taqdirlanişdi
Inson salomatligini asraş, dardiga malham böliş, hayotini saqlab qoliş tibbiyot xodimidan yuksak bilim va tajriba bilan birga sabr-toqat, jasorat va çeksiz fidoyilikni ham talab etadi. Zero, bu kasb egalari uçun har bir bemor taqdiri, körsatilgan har bir tibbiy yordam ortida ulkan masʼuliyat mujassam. Ana şunday şarafli va masʼuliyatli vazifani sidqidildan ado etayotgan sirdaryolik tibbiyot xodimlari kasb bayrami munosabati bilan eʼzozlanib, bir guruh soha vakillari munosib taqdirlandi.
Yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinçi yakşanbasida nişonlanadigan Tibbiyot xodimlari kuni inson salomatligi yölida keça-yu kunduz xizmat qilayotgan fidoyi insonlarga hurmat va ehtirom körsatiş, ularning maşaqqatli mehnatini qadrlaş hamda jamiyat hayotidagi muhim örnini eʼtirof etişga xizmat qiladi.
Bu yilgi bayram sirdaryoliklar uçun yana bir quvonçli voqea bilan ahamiyatli böldi. Prezidentimizning «Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida»gi farmoniga muvofiq, ikki nafar viloyat vakili davlat mukofotlariga sazovor böldi. Jumladan, Mirzaobod tumanidagi 17-oilaviy poliklinika oilaviy şifokori Hakimxon Xolbekova II darajali «Salomatlik» ordeni, Sirdaryo tumani köp tarmoqli markaziy poliklinikasi IT-operatori Zebo Zakirova esa «Şuhrat» medali bilan taqdirlandi. Bu yuksak eʼtirof ularning kasbiga sadoqati, samarali mehnati va soha rivojiga qöşayotgan hissasiga berilgan munosib baho böldi.
Bayram munosabati bilan Guliston şahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar maskanida ötkazilgan tantanali marosimda viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirov soha faxriylari va tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Taʼkidlanganidek, aholi salomatligini muhofaza qiliş, kasalliklarning oldini oliş, inson hayotini asrab qoliş va tibbiy xizmat sifatini oşiriş yölidagi mehnat alohida eʼtirofga munosib. Bugun tibbiyot tizimida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, avvalo, malakali mutaxassislar salohiyatini yuksaltiriş, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Şuningdek, viloyat soğliqni saqlaş tizimidagi yangilanişlar, birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlaştiriş, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, zamonaviy tibbiy xizmat turlarini joriy etiş hamda soha xodimlari uçun munosib mehnat şaroitlarini yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlarga eʼtibor qaratildi.
[gallery-32375]
— 2026-yil tibbiyot xodimlari uçun muvaffaqiyatli kelmoqda. Soğliqni saqlaş tizimida qator islohotlar amalga oşirilib, tibbiy xizmat sifati va imkoniyatlari kengaymoqda. Kuni keça Sirdaryoda zamonaviy raqamli situatsion markaz faoliyati yölga qöyilgan bölsa, Guliston şahri, Boyovut, Mirzaobod va Sayxunobod tumanlaridagi bir qator oilaviy şifokorlik punktlari mukammal taʼmirlandi.
Xalqaro hamkorlik doirasida Islom taraqqiyot banki, Quvaytning Arab iqtisodiy taraqqiyot jamğarmasi, Saudiya taraqqiyot jamğarmasi, Osiyo taraqqiyot banki hamda Germaniyaning KfW banki bilan qator loyihalar amalga oşirilmoqda. Xususan, onkologiya va radiologiya markazi uçun 2,2 million dollarlik 77 ta yuqori texnologiyali tibbiy uskuna, perinatal xizmat uçun esa 744 ta tibbiy jihoz olib berildi. Şuningdek, Fuji kompaniyasi granti asosida mammograf apparati keltirildi.
Ayni paytda viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi uçun yangi tört qavatli bino qurilmoqda. Unda 30 örinli bolalar onkogematologiya bölimini taşkil etiş rejalaştirilgan. Skrining tekşiruvlari, koronar angiografiya, mammografiya va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari kölami ham ortib bormoqda.
Bu natijalar zamirida tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati, kasbiy mahorati va masʼuliyati mujassam. Barça hamkasblarimizni kasb bayrami bilan tabriklab, şarafli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilayman, — dedi Sirdaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Yorbek Mamanazarov.
Darhaqiqat, tibbiyot tizimining samaradorligi zamonaviy texnologiyalar va mustahkam moddiy-texnik baza bilan bir qatorda, malakali, öz kasbiga sadoqatli va taşabbuskor mutaxassislarga ham boğliq. Ayniqsa, şifokorlar bilan bir safda mehnat qilayotgan hamşiralarning örni beqiyos. Ularning bemorlarga körsatadigan mehri, eʼtibori va ğamxörligi davolaş jarayonining muhim tarkibiy qismidir. Şu bois soha xodimlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, mehnatini munosib rağbatlantiriş va kasbiy salohiyatini oşiriş tibbiyot tizimi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
— Bugungi bayram biz tibbiyot xodimlari uçun nafaqat kasbiy faoliyatimizga berilgan baho, balki yil davomidagi maşaqqatli mehnatimiz, fidoyiligimiz va masʼuliyatimizning eʼtirofidir. Keyingi yillarda soha xodimlariga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan munosib mehnat şaroitlari, kasbiy malakani oşiriş uçun berilayotgan imkoniyatlar bizni yanada ruhlantiradi. Ayniqsa, inson salomatligi yölidagi mehnatimiz davlat darajasida qadrlanayotgani, şifokor va hamşiralarning xizmatlari munosib taqdirlanayotgani har birimizga kuç va ğayrat bağişlaydi. Bu eʼtirof zimmamizga yanada katta masʼuliyat yuklaydi. Biz bundan buyon ham xalqimiz salomatligi yölida bor bilim va tajribamizni safarbar etib xizmat qilişga intilamiz, — deydi Salomatlik va strategik rivojlaniş instituti hududiy bölimi boşliği, Özbekiston Respublikasi Hamşiralar assotsiatsiyasi Sirdaryo viloyati bölimining raisi Tojixon Ğafforova.
Tantanali marosimda öz kasbiga sadoqat va yuksak masʼuliyat bilan yondaşib, samarali mehnati bilan hamkasblariga namuna bölib kelayotgan bir guruh şifokor, hamşira va boşqa soha xodimlari ham yuksak eʼtirofga sazovor böldi. Jumladan, Sirdaryo tumani tibbiyot birlaşmasi köp tarmoqli markaziy poliklinikasi şifokori Nafisa Yusupova Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining «Soğliqni saqlaş aʼloçisi» kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Şuningdek, «Tibbiyot fidoyisi — 2026» tanlovi ğoliblari ham eʼtirof etildi. Tanlov natijalariga köra, yettita tibbiyot muassasasi ğolib deb topildi. Ulardan beştasiga 30 million sömdan, Xovos tumani tibbiyot birlaşmasi hamda Respublika ixtisoslaştirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati hududiy filialiga esa 500 million sömdan, jami bir milliard sömlik vauçerlar, bundan taşqari, 20 nafar tibbiyot xodimga viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasining taşakkurnomalari topşirildi.
Bayram tadbiri doirasida Oqoltin tumani tibbiyot birlaşmasiga maxsus sanitariya avtomaşinasi ham topşirildi. Uşbu transport vositasi tuman aholisiga tibbiy xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytiriş, zarur holatlarda tibbiy yordamni tezkor yetkaziş va bemorlarni taşiş jarayonini yengillaştirişga xizmat qiladi.
Şu tariqa, bayram tadbirida tibbiyot xodimlarining mehnati nafaqat samimiy eʼtirof va ezgu tilaklar, balki sohani rivojlantirişga qaratilgan amaliy rağbat va taşabbuslar bilan ham qadrlandi.
Tantanali marosim sanʼatkorlar ijrosidagi diltortar kuy-qöşiqlar bilan davom ettirildi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat) ÖzA