«Barselona» yoz davomida Xarri Keyn bilan aloqada bo‘lgan
Shuningdek, «Tottenhem» ham angliyalik hujumchini o‘z safiga qaytarishni istaydi.
«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn yozgi transfer oynasida Yevropaning ikki yirik klubi e’tiborida bo‘lgan. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» Xulian Alvares transferi bo‘yicha parallel ravishda ish olib borganiga qaramay, yoz davomida Keynning vakillari bilan aloqani saqlab turgan.
Shuningdek, «Tottenhem» ham angliyalik hujumchini o‘z safiga qaytarishni istaydi. Biroq ayni paytda Keyn bor e’tiborini «Bavariya»dagi faoliyatiga qaratgan.
Transfer mish-mishlari fonida Myunxen klubi hujumchi jamoa qarorgohiga qaytishi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga qaror qilgan.
33 yoshli Keyn o‘tgan mavsumni yuqori saviyada o‘tkazdi. U «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuvda 61 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi.