«Barselona» Rodri uchun de Yongni «Manchester Siti»ga berishga tayyor
Bu haqda El Nacional xabar berdi.
«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini transfer qilish uchun Frenki de Yongdan foydalanishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Rodri bo‘yicha muzokaralar doirasida ingliz klubiga de Yongni transferga qo‘shishni taklif qilgan. «Manchester Siti»ning ushbu taklifga qanday munosabat bildirgani hozircha ma’lum emas.
29 yoshli de Yong o‘tgan mavsumda «Barselona» safida barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 8 ta assist qayd etgan.
30 yoshli Rodri esa o‘tgan mavsumda «Manchester Siti» tarkibida 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urgan.