«Barselona» Gabriel Jesus transferini rasman e’lon qildi
Avvalroq transfer tafsilotlari ma’lum qilingan edi.
«Barselona» braziliyalik hujumchi Gabriel Jesusning transferini rasman e’lon qildi.
29 yoshli futbolchi «Arsenal»dan Kataloniya klubiga o‘tdi va yangi jamoasi bilan 2029-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Avvalroq transfer tafsilotlari ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, «Arsenal» futbolchi uchun 10 million yevroni kafolatlangan tarzda oladi. Yana 4 million yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin. Shuningdek, «Barselona» braziliyalik futbolchini kelajakda boshqa klubga sotsa, transfer summasining 20 foizi London jamoasiga beriladi.
Jesus o‘tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.