Barrak: Hurmuz bo‘g‘oziga muqobil ta’minot tizimi ishlab chiqilmoqda
Qo‘shma Shtatlar, Suriya, Iordaniya, Turkiya, Livan va Misr Yaqin Sharq mintaqasining Hurmuz bo‘g‘oziga qaramligini kamaytirishga qaratilgan muqobil savdo va energetika yo‘nalishlarini rivojlantirish dasturi ustida ishlamoqda.
Bu haqda AQSH prezidentining Suriya va Iroq bo‘yicha maxsus vakili Tomas Barrak ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ikki yil ichida transport yo‘nalishlari va ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilishga asoslangan “profilaktik yetkazib berish” modeliga o‘tish rejasi mavjud.
Loyiha shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston orqali Markaziy Osiyoga, shu jumladan, Yevropaga gaz yetkazib berish uchun O‘rta yo‘lakni rivojlantirishni ham ko‘zda tutadi. Barrak ushbu tashabbuslar mintaqada savdo va investitsiyalarni kengaytirishga qaratilgan yangi iqtisodiy tizimni shakllantirishning bir qismi ekanligini aytdi.
S.Rahimov, O‘zA