«Bahorga yo‘l» konserti muxlislarni chorlaydi
O‘zbekiston hamda Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hamkorlik munosabatlari bugungi kunda ham jadal rivojlanib bormoqda.
Jumladan, mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan san’at festivallari, ijodiy loyihalar, xalqaro ko‘rgazmalarda xitoylik san’at ustalari doimiy ishtirok etib kelmoqda.

bugungi kunda ham bu ikki mamlakat o‘rtasida yuksak ishonch va mustahkam do‘stlik munosabatlari asosida har tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalari tobora ko‘proq rivojlanmoqda.
Ma’lumki, joriy yilda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Ushbu yubiley munosabati bilan Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida «Bahorga yo‘l» deb nomlangan gala-konsert tashkil etildi.

Ushbu katta musiqiy dastur Shensi provinsiyasi madaniyat va turizm departamenti, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Shensi provinsiyasi opera va balet teatri, Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli va O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri kabi ijodiy jamoalar ishtirok etdi.
Ushbu konsert dasturi Navro‘z bayrami arafasida, ya’ni 18 mart kuni ham zoom orqali namoyish etiladi.
N.Usmonova,
O‘zA