Bahodir Jalolov jangi kutilmagan sabab qoldirildi
Superog‘ir vazn toifasidagi bokschimiz, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov 7 fevral kuni tongda Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan oqshomda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi kutilayotgan edi.
Afsuski, tashkilotchilar ushbu jang bo‘lmasligini e’lon qildi va bunga B.Jalolovning lab qismidagi kichik husnbuzar sabab sifatida ko‘rsatildi. Bungacha bokschilar rasmiy tarozidan o‘tish marosimida ham qatnashib ulgurgan edi. Bu vaziyatdan har ikkala bokschi va ularning jamoasi hayratda ekanini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
Ma’lumot o‘rnida: Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, raqibi Devid Spilmont shu kungacha 25 ta jang o‘tkazib, 16 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. G‘alabalarining 11 tasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA