Badiiy gimnastika böyiça Özbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi
Navoiy şahridagi “Yoşlar” sport majmuasida badiiy gimnastika böyiça kattalar örtasida Özbekiston kubogi musobaqasi bölib ötdi.
Musobaqada Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va barça viloyatlardan kelgan 120 nafardan ortiq gimnastikaçi öz mahoratini namoyiş etdi.
Jamoaviy natijalarga köra, 1-örinni Toşkent şahri, 2-örinni Samarqand viloyati va 3-örinni Navoiy viloyati jamoasi qölga kiritdi.
Musobaqa yakunida ğolib va sovrindor jamoalar diplom va medallar bilan taqdirlandilar.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri