Axmedjanov Dilshod Ulug‘bekovichning tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
"Bel sohasi kompression radikulopatiyasini mikroxirurgik yo‘llar bilan optimallashtirish" mavzusida
Axmedjanov Dilshod Ulug‘bekovichning 14.00.28 - Neyroxirurgiya ixtisosligi bo‘yicha "Bel sohasi kompression radikulopatiyasini mikroxirurgik yo‘llar bilan optimallashtirish" mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 24 aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100142, Toshkent, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Xumoyun ko‘chasi, 40-uy.
Tel.: (99871) 264-96-22
e-mail: admin@neuro.uz