Asmita Satyarthi: O‘zbekistonning global miqyosdagi yetakchiligini va yoshlarga qaratayotgan e’tiborini qadrlaymiz
Samarqanddagi global konferensiyada ishtirok etayotgan “Global mehr-shafqat uchun Satyarthi harakati” tashkiloti bosh direktori Asmita Satyarthi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
– Konferensiyaning ilk kuni juda maroqli o‘tdi. Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, shuningdek, bugun biz bilan birga bo‘lgan barcha senatorlarga samimiy qabul, yuksak mehmondo‘stlik va tadbirning yuqori saviyada tashkil etilgani uchun chuqur minnatdorlik izhor etaman.
O‘zbekistonning global miqyosdagi yetakchiligini, ayniqsa, yosh parlament a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga qaratayotgan e’tibori va sa’y-harakatlarini yuksak qadrlaymiz.
Demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinlik, adolat va har bir insonning qadr-qimmatini himoya qilish tamoyillarini mustahkamlash nihoyatda muhimdir. Shu bois O‘zbekistonning bu boradagi o‘rni va qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etmoqchiman.
Bugun ham nufuzli anjuman samarali davom etmoqda. Bu yerda turli mamlakatlardan kelgan parlament a’zolari bilan muloqot qilish, ularning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, o‘zaro bilim va tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab olish uchun ajoyib imkoniyat yaratilgan.
Norgul Abduraimova,
O‘zA