Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — ikki karra jahon chempioni!
Bokschilarimizning Liverpulda yakunlanayotgan jahon chempionatida bugungi dasturdan o‘rin olgan final janglari boshlandi.
Dastlab, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-65 kg) ringga ko‘tarildi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – braziliyalik Yuriy Falkao Dos Reys ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va terma jamoamiz hisobiga ikkinchi oltin medalni keltirdi.
O‘zA