Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines jarohat oldi
Xabarlarga ko‘ra, uning tiklanishi uchun kamida 3 hafta vaqt talab qilinadi.
Argentina milliy terma jamoasi va "Aston Villa" klubi posboni Emiliano Martines jarohat sabab safdan chiqdi.
Birmingem klubi yetakchilaridan biri sanalgan Martines Yevropa ligasi finalidan o‘rin olgan "Frayburg"ga qarshi o‘yinda jarohat olib, o‘yinni davom ettirdi. Xabarlarga ko‘ra, uning tiklanishi uchun kamida 3 hafta vaqt talab qilinadi. Ammo Argentina terma jamoasining jahon chempionatida Jazoyirga qarshi birinchi tur o‘yinigacha safga qaytishi kutilmoqda. Mundialning amaldagi chempionlari dastlabki tur uchrashuvini 17-iyun kuni o‘tkazadi. Shuningdek ushbu guruhdan Avstriya va Iordaniya terma jamoalari ham joy olgan.
Emiliano Martines "Aston Villa" bilan joriy mavsumda Yevropa ligasida g‘alaba qozondi.