Lionel Messi jahon chempionati startidan avval jarohat oldi
Ushbu bahsda Leo o‘z hisobiga ikkita assistni yozdirib qo‘ydi.
Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" klubi sardori Lionel Messi "Filodelfiya Yunion"ga qarshi o‘yinda maydonni erta tark etdi.
Tunda MLSning navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Lionel Messi to‘p tepayotgan "Inter Mayami" klubi "Filodelfiya Yunion" jamoasi bilan bahs olib bordi. Argentinalik hujumchi esa ushbu bellashuvning 73-daqiqasida chap oyog‘ini ushlagan holda maydonni tark etdi. Futbolchi o‘zini almashtirishni ham so‘ragan. Bu ehtiyot chorasi degan taxminlar ham yo‘q emas, ammo Messining jarohat olganligi haqida ham to‘liq ma’lumotlar yo‘q. Ushbu bahsda Leo o‘z hisobiga ikkita assistni yozdirib qo‘ydi. Jahon chempionati startiga esa bor-yo‘g‘i 22 kun qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "albasileste" mundialning guruh bosqichida Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.