AQSHning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgardimi?
Kanada Bosh vaziri Mark Karni AQSHning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarayotganiga e’tibor qaratarkan, shu bilan birga mamlakatining energetika va savdo sohasidagi yangi rejalarini ham e’lon qildi.
U o‘z bayonotida Amerika Qo‘shma Shtatlari va mamlakat Prezidenti Donald Trampning Rossiya – Ukraina urushga nisbatan qarashi o‘zgargani “Katta yettilik” (G7) yetakchilari tomonidan ancha hayotiy pozitsiya sifatida baholangan. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi. Fransiyaning Evian-le-Ben shahrida o‘tayotgan G7 sammiti doirasida chiqish qilgan Karni so‘nggi 36 soat ichida Tramp bilan keng ko‘lamli mavzularda yetti-sakkiz marta fikr almashganini ta’kidladi. Muzokaralar davomida Kanadaning Xitoy elektromobillariga joriy etgan cheklovi (kvota tizimi) ham muhokama qilingan va ushbu tizim tuzilishi Trampga ma’qul kelgan.
Bundan tashqari Kanada Bosh vaziri mamlakatning iqtisodiy va energetik maqsadlariga ham to‘xtaldi. Ya’ni, mamlakat yil yakuniga qadar 150 megatonna suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, hukumat shu yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga qadar Hindiston bilan savdo bitimi tuzish bo‘yicha muzokarani to‘liq yakunlash maqsadini ko‘zlayapti.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA