AQSH va Yevropa urushni tugatish rejasini tayyorlamoqda
AQSH va Yevropa urushni tugatish rejasini tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Hujjatda frontni muzlatish va Ukraina uchun xavfsizlik kafolati ko‘zda tutilgan.
AQSH Prezidenti Donald Trampning Zelenskiyga qarshi chiqishi yanada muhimroq voqeaga soya solmoqda. Bu AQSH va Yevropa Ukraina va Rossiya uchun moliyaviy imtiyoz hamda xavfsizlik kafolatini ta’minlaydigan qo‘shma tinchlik taklifini ishlab chiqishga o‘tayotgani, deyilgan xabarda.
“The Washington Post” sharhlovchisi Devid Ignatius ayni mavzuga oid maqolasida to‘rt asosiy bandni keltirgan. Birinchi masala – Ukrainani qayta tiklash maqsadida Jahon banki va “Black Rock” vayron bo‘lgan hududlarni qayta tiklashni moliyalashtirish, qurbonlar va yaralangan askarlar oilalarini qo‘llab-quvvatlash uchun iqtisodiy tiklanish mexanizmini ishlab chiqmoqchi.
Ikkinchi band asosida Xavfsizlik kafolati, jumladan AQSH va Yevropa mamlakatlari NATO Nizomi 5-moddasi asosida yana Rossiyadan hujum bo‘lgan taqdirda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga va’da berilmoqda.

Uchinchi band iqtisodiy integratsiyaga tegishli. Xususan, Rossiya, Ukraina va Yevropa o‘rtasida energetika shartnomasi taklif qilinmoqda. Foyda Kiyev va Moskva o‘rtasida taqsimlangan holda Rossiya neft va gazini Yevropaga yetkazib beradigan quvur tizimi. Qolaversa, RFga qarshi sanksiyani bekor qilish sharti ham belgilangan.
So‘nggi shart jabhani muzlatishdir. Rossiya Donbassning bir qismini o‘z ichiga olgan bosib olingan hududlar ustidan nazoratni saqlab qolgan holda, hozirgi aloqa chizig‘i bo‘ylab sulhga rozi bo‘lishi kerak.
Baribir, kelishuv istiqboli hamon noaniq. Muallif suhbatlashgan yevropalik diplomat fikricha, Putin shunchaki sulh emas, balki g‘alabani istayapti.
O‘z navbatida Ukraina ham AQSHga kelgusi uchrashuv bo‘yicha taklif taqdim etilganini aytdi.

– Ukraina Rossiya bilan urushini tugatishga qaratilgan keyingi uchrashuvlar bo‘yicha AQSHga taklif taqdim etdi va muzokaraga tayyormiz, deya bayonot berdi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy.
– Yaqin kunlarda uchrashishga tayyormiz, bu taklifni jamoa orqali Stiv Uitkoff va Jared Kushnerga yetkazdim, – deya qo‘shimcha qildi u. – Ukraina har doim konstruktiv yondashuvga ega va pozitsiyamiz mutlaqo aniq: Ukraina xalqi mustaqilligini himoya qilish.
Bundan tashqari Ukraina rahbari shu hafta Yevropadagi hamkorlardan yangi qo‘llab-quvvatlash paketi kutilayotganini ham e’lon qildi:
– Bizga yordam bera oladigan va har doim samarali harakat qiladigan barcha hamkorlarimiz bilan aloqadamiz. Bugun Daniya va Litva Bosh vazirlari bilan gaplashdim. Ertaga Buyuk Britaniyada muhim muzokara bo‘lib o‘tadi. Shu hafta YeI bilan ham muzokara olib boramiz. Ukraina qo‘llab-quvvatlanadi va biz YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokarada ham natijaga erishyapmiz.
S.Rahimov, O‘zA