AQSH Saudiya yaqin orada yana quvur orqali neft jo‘nata boshlashini aytdi
– Menimcha, juda tez orada quvur ishga tushishini ko‘ramiz, bu qisqa muddatli uzilish, – dedi AQSH energetika vaziri Kris Rayt.
Harakat tiklanishi ehtimoliy muddati haqida so‘ralganda, mulozim vaziyat bir necha kun ichida izga tushishini aytdi.
– Saudiya shu bir necha kun ichida Sharq-G‘arb quvuri orqali o‘tkaza olmayotgan neftni AQSH Hurmuz bo‘g‘ozi orqali tashilishini ta’minlash uchun tezkor chora ko‘rmoqda, – deya qo‘shimcha qildi u.
“Reuters” yaqinda Saudiya Arabistoni yevropalik mijozlarga sentabr oyi oxirida yetkazib berilishi rejalashtirilgan neft ta’minotini bekor qilishi haqida xabar tarqatgan edi. Agentlik fikricha, ushbu qaror o‘tgan hafta Sharq-G‘arb quvuridagi amaliyotni to‘xtatgan hujum bilan bog‘liq.
S.Rahimov, O‘zA