AQSH Falastin Prezidentiga viza bermadi
AQSH ma’muriyati Falastin Prezidenti Mahmud Abbos va milliy ma’muriyatning boshqa rahbarlariga Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida shaxsan ishtirok etish uchun viza berilishini rad etdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Abbos o‘tgan yilgidek bu safar ham tashkilot yig‘ilishida masofadan turib, video aloqa orqali chiqish qilishga majbur. Falastin rasmiy vakili ta’kidlashicha, unga viza berilmaganiga terror faoliyatiga aloqadorlikni taqiqlovchi qonun moddasi sabab qilib ko‘rsatilgan. Binobarin, Prezident Abbosga nisbatan aynan shu vaj qo‘llangani yoki yo‘qligi noma’lumligicha qolmoqda.
O‘z navbatida Davlat departamenti falastinlik mulozimlarga nisbatan viza cheklovi uzaytirilishini ma’lum qildi. Bu qaror Falastinda kutilgan islohot amalga oshirilmayotgani, berilgan va’daga amal qilinmay, tinchlik istiqboliga xalaqit berilayotgani bilan izohlangan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA