Antonio Konte Argentinaning asosiy kuchi nimada ekanini aytdi
Bugun, 15-iyul kuni Argentina milliy jamoasi jahon chempionati yarim finali doirasida Angliyaga qarshi maydonga tushadi.
Yaqinda "Napoli" bosh murabbiyligini tark etgan Antonio Konte Argentina terma jamoasining jahon chempionati — 2026 dagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Argentina — kuchli jamoa, ular turnirda ishtirok etayotgan barcha terma jamoalar orasida eng kuchli ishtiyoqqa ega. Bu juda jipslashgan jamoa: bosh murabbiy bor e'tiborini Messiga sodiq bo'lgan, terma jamoa libosini va Leoga bo'lgan sevgisini shaxsiy ambitsiyalaridan ustun qo'yadigan insonlarga qaratgan", — deya Kontening so'zlarini "La Gazzetta dello Sport" nashri keltirmoqda.
Bugun, 15-iyul kuni Argentina milliy jamoasi jahon chempionati yarim finali doirasida Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Finalchilardan biri allaqachon ma'lum. Seshanba kuni o'tkazilgan ilk yarim final bahsida Ispaniya terma jamoasi Fransiya ustidan g'alaba qozongan edi (2:0).