Anqarada Erkin Vohidov va Abdulla Oripov asarlarining turkça naşri taqdim etildi
Xalqaro TURKSOY taşkiloti Özbekiston Qahramonlari Erkin Vohidov va Abdulla Oripov asarlarini turk tilida naşr etdi. Özbek adabiyotining buyuk namoyandalarini turkiy dunyoga keng tanitiş maqsadida Anqarada uşbu kitoblar taqdimoti bölib ötdi.
Bu yil mamlakatimizda Özbekiston Qahramonlari, xalq şoirlari Erkin Vohidovning 90 yillik va Abdulla Oripov tavalludining 85 yillik yubileylari keng nişonlanmoqda. Uşbu ezgu taşabbusga Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti TURKSOY ham munosib hissa qöşiş va özbek şeʼriyati hamda adabiyotining bu ikki yorqin namoyandasi ijodini turkiy dunyoda keng tarğib qiliş maqsadida Erkin Vohidovning “Söz latofati” va Abdulla Oripovning “Saylanma” kitobini turk tilida tayyorlab, naşr ettirdi. Kuni keça Anqara şahrida joylaşgan Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasi majlislar zalida har ikki kitobning taqdimotiga bağişlangan tadbir bölib ötdi.

- Bu kitoblarda özbek şeʼriyatidagi badiiyat, uning gözalligi, nafosati, musiqiyligi, falsafiyligi va jahon adabiyotining manaman degan namunalari bilan böylaşa oladigan katta bir ijodiy merosga ega ekani ham mana şu kitoblar orqali yaqqol namoyon böla oladi, - deydi taniqli özbek şoiri, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining birinçi örinbosari Minhojiddin Mirzo. – “Özbegim” qasidasi yozilişi bilanoq u butun dunyo özbeklarining madhiyasiga aylanib ketgan. Mustaqillikka erişganimizdan söng Özbekiston madhiyasini yoziş ustoz Abdulla Oripovga nasib etdi. Turkiya jamoatçiligi, ziyolilari, xalqaro TURKSOY taşkiloti tomonidan bu ikki adib ijodiga körsatilayotgan eʼtibor bu, eng avvalo Özbekiston xalqiga va millatiga, uning boy tarixiga, mustaqilligi va bugungi kuniga bölgan ehtiromning yana bir namunasidir.

TURKSOY, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Özbekiston Respublikasining Turkiyadagi elçixonasi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasi hamkorligida taşkil etilgan anjumanda diplomatik korpus va xalqaro taşkilot vakillari, ikki şoirning oila aʼzolari, Turkiyada Erkin Vohidov va Abdulla Oripov ijodini örganiş bilan şuğullanayotgan taniqli olimlar, tadqiqotçilar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Anjuman iştirokçilari dastlab kutubxona foyesida taşkil etilgan Erkin Vohidov va Abdulla Oripov ijodi va faoliyatiga bağişlangan fotokörgazma bilan tanişdi.

Asosiy tadbirda sözga çiqqanlar sönggi yillarda Özbekistonda Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan adabiyot va kitobxonlikka juda katta eʼtibor qaratilayotganini eʼtirof etdi. Şuningdek, TURKSOY taşkiloti turkiy dunyoning boy madaniy merosini asrab-avaylaş, uning adabiy xazinasini keng tarğib qiliş, qardoş xalqlar örtasidagi döstlik riştalarini mustahkamlaşga alohida ahamiyat berayotganini, özbek adabiyotining ikki serqirra ijodkorlarining kitoblari turk tilida naşr qilingani ham bunga yaqqol misol böla olişini bildirdi.

Şu kuni Özbekistondan taşrif buyurgan sanʼatkorlar tomonidan Erkin Vohidov va Abdulla Oripov şeʼrlariga bastalangan qöşiqlardan iborat konsert dasturi namoyiş etildi.
Sanjar Toşpölatov,
ÖzA