Xudoyberganovlar oilasi — tanlov ğolibi
Oilada kitobga mehr uyğotiş, farzandlarni mutolaaga oşno etiş va kitobxonlikni kundalik hayot tarziga aylantiriş — maʼnaviy barkamol avlod tarbiyasining muhim omillaridan biri. Guliston şahridagi Böston mahallasida joylaşgan 2-sonli umumtaʼlim maktabida ötkazilgan «Yoş kitobxon oila» tanlovining şahar bosqiçi ham ana şu ezgu maqsadlarga qaratildi.
Kitobxonlik madaniyatini oila muhitida keng tarğib qiliş, ota-ona va farzandlar örtasida mutolaa anʼanalarini mustahkamlaş, yoşlarning bilim va dunyoqaraşini boyitiş maqsadida taşkil etilgan bellaşuvda Guliston şahridagi 75 ta oila iştirok etdi.

Tanlov davomida oilalar kitob mutolaasiga bölgan qiziqişi, badiiy asarlar haqidagi bilimi, fikrlaş va öz qaraşlarini ifoda etiş qobiliyatini namoyon etdilar. Unda ota-ona va farzandlarning birgalikda iştirok etişi, kitob atrofidagi fikr almaşinuvi hamda özaro bilim sinovi tanlovga alohida mazmun bağişladi.

Mazkur bellaşuv nafaqat oilalarning kitobxonlik salohiyatini namoyon etiş, balki mutolaani oilaviy qadriyat darajasiga kötariş, farzandlarda kitobga mehr va mustaqil fikrlaş könikmasini şakllantirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.

Yakuniy natijalarga köra, Xudoyberganovlar oilasi yuqori natija qayd etib, tanlovning viloyat bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi. Endi ular şahar şarafini viloyat bosqiçida himoya qilişadi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri