Angrenda yangi sport maydonchasi ish boshladi
Angren shahridagi G‘afur G‘ulom mahallasi hududida “Tashabbusli sport” loyihasi doirasida zamonaviy universal sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.
1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barpo etilgan mazkur sport maydonchasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgan Angren shahar hokimligi vakillari, mahalla fuqarolar yig‘ini mutasaddilari, nuroniylar va maktab jamoasi Tashabbusli sport” loyihasi ortidan yaratilgan sport maydonchasida shug‘ullangan yoshlar orasidan kelajakda vatanimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qiladigan mahoratli sportchilar yetishib chiqishiga tilak bildirishdi.

Ushbu sport maydonchasi o‘quvchilar va mahalla yoshlarining jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishi, aholining sog‘lom turmush tarziga oshno bo‘lishida muhim maskanga aylanishini e’tirof etishdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA