Shvaynshtaygerning fikrlari tanqidlarga sabab bo‘ldi
Germaniyalik jurnalist va yozuvchi Filipp Avununing ta’kidlashicha, “yovvoyi” va “kutilmagan” kabi ta’riflar tarixan qora tanlilarga nisbatan qo‘llanilgan irqchilik stereotiplari bilan bog‘liq.
Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, 2014-yilgi jahon chempioni Bastian Shvaynshtayger JCH–2026 guruh bosqichida Kot-d’Ivuar milliy terma jamoasiga qarshi o‘yin oldidan bildirgan fikrlari ortidan tanqid ostida qoldi.
ARD telekanalida ekspert sifatida chiqish qilgan Shvaynshtayger Kot-d’Ivuar terma jamoasi “afrikacha futbol” o‘ynashini, bu uslubni esa “biroz noodatiy, ba’zida tartibsiz va taktik jihatdan unchalik yaxshi tashkil etilmagan” deb ta’riflagan. Shuningdek, u Germaniya terma jamoasi o‘yinning ayrim pallalarida kutilmagan vaziyatlarga tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan.
Bu bayonotlardan so‘ng sobiq futbolchi irqchilik va mustamlakachilik davridan qolgan stereotiplarni takrorlashda ayblandi.
Germaniyalik jurnalist va yozuvchi Filipp Avununing ta’kidlashicha, “yovvoyi” va “kutilmagan” kabi ta’riflar tarixan qora tanlilarga nisbatan qo‘llanilgan irqchilik stereotiplari bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, Avunu Shvaynshtaygerni irqchi deb hisoblamasligini, biroq uning so‘zlari ko‘plab nemis muxlislari va futbol ekspertlarining qarashlarini aks ettirishini qayd etdi.