Angliya Superkubogi: Husanov "Manchester Siti"ning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi
O‘zbekiston milliy jamoa"Manchester Siti"ning Angliya Superkubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun boshlang‘ich tarkibi e’lon qilindi.si himoyachisi Abduqodir Husanov bahsni dastlabki daqiqalardan boshlaydi.
"Manchester Siti"ning Angliya Superkubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun boshlang‘ich tarkibi e’lon qilindi. O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bahsni dastlabki daqiqalardan boshlaydi.
Enso Mareska o‘zbekistonlik futbolchini Ruben Diash va Yoshko Gvardiol qatorida himoya chizig‘iga joylashtirdi. Jamoa sardori vazifasini Diash bajaradi, darvozani esa Janluiji Donnarumma qo‘riqlaydi.
Klubning yangi futbolchisi Elliot Anderson ham boshlang‘ich tarkibga kiritilgan. Hujum chizig‘ida Antuan Semenyo, Erling Holand va Jeremi Doku harakat qiladi.
"Manchester Siti"ning asosiy tarkibi:
Donnarumma — Husanov, Diash (sardor), Gvardiol, O’Rayli — Kovachich, Anderson, Foden — Semenyo, Holand, Doku.
"Arsenal" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi Angliya Superkubogi bahsi Kardiff shahridagi "Prinsipaliti" stadionida bo‘lib o‘tadi. Angliya chempioni va mamlakat kubogi sohibi o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.