Messi 12 yildan keyin ilk bor ketma-ket uchta penaltini golga aylantira olmadi
MLS doirasida "Neshvill" maydonida o‘tkazilgan va mehmonlarning 1:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan uchrashuvda 39 yoshli argentinalik futbolchi 11 metrlik jarima zarbasidan foydalana olmadi.
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi penaltidan gol urish borasidagi omadsiz seriyasini to‘xtata olmadi.
MLS doirasida "Neshvill" maydonida o‘tkazilgan va mehmonlarning 1:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan uchrashuvda 39 yoshli argentinalik futbolchi 11 metrlik jarima zarbasidan foydalana olmadi.
Bahsning 23-daqiqasida Messi to‘pni darvozaning pastki chap burchagiga yo‘lladi. Biroq "Neshvill" darvozaboni Brayan Shvake zarba yo‘nalishini topib, jamoasini goldan qutqardi.
Shu tariqa, Messi faoliyatida 2014-yildan beri ilk bor ketma-ket uchta penaltini golga aylantira olmadi. U bundan oldin 2026-yilgi jahon chempionatida Argentina milliy jamoasining Avstriyaga qarshi 2:0 va Misrga qarshi 3:2 hisobida yakunlangan uchrashuvlarida ham 11 metrlik nuqtadan adashgan edi.
Lionel Messi 2023-yil yozidan buyon "Inter Mayami" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning AQSH klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yakuniga qadar mo‘ljallangan.