Andijonda go‘sht mahsulotlari ta’minoti kengaytirilmoqda
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyatida aholini sifatli go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash hamda ichki bozorda narx-navo muvozanatini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda Qozog‘iston Respublikasidan yaxlatilgan (tindirilgan) mol go‘shtini import qilish yo‘lga qo‘yildi. Import qilinayotgan mahsulot belgilangan tartibda viloyatga muntazam yetkazib kelinib, savdo tarmoqlari orqali iste’molchilarga taklif etilmoqda.
[gallery-30752]
Rejaga muvofiq, har oy Andijon viloyatiga yuzlab tonna import qilingan mol go‘shti yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa aholining sifatli go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va bozorda talab hamda taklif muvozanatini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Viloyatda tashkil etilgan maxsus savdo nuqtalarida import qilingan mol go‘shti aholiga maqbul narxlarda sotilmoqda. Mutaxassislar fikricha, bu kabi tadbirlar ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
ZuhriddinUMURZOQOV(surat),O‘zA