Amerikalik blogerlar Namangandagi hunarmandchilik an’analari bilan tanishmoqda
Namangan viloyatida hunarmandchilik juda yuqori darajada rivojlangan. Ayniqsa pichoqchilik, do‘ppichilik, kashtachilik, atlas va ipak matolar to‘qish, ipak mahsulotlarini bo‘yash kabi ko‘plab milliy hunarmandchilik yo‘nalishlari nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Bugungi kunda ushbu sohani dunyo davlatlarida keng targ‘ib qilish, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro miqyosda tanitish hamda O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda turli davlatlardan blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilmoqda.
Ana shunday mehmonlardan biri amerikalik blogerlar Mayls va Jessika bo‘ldi. Ular Namangan viloyatiga tashrif buyurib, ipakchilik, pichoqchilik, do‘ppichilik hamda boshqa ko‘plab hunarmandchilik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi. Safardan asosiy maqsad — ushbu milliy san’at turlarini o‘z bloglari orqali Amerika auditoriyasiga targ‘ib qilish va bu orqali O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng ommaga yetkazishdan iborat bo‘ldi.
Ikki kun davomida blogerlar Namangan viloyatidagi hunarmandchilik markazlarida bo‘lib, ustalar faoliyati, mahsulot tayyorlash jarayonlari va milliy an’analarni kuzatdi hamda o‘z videobloglari uchun maxsus suratga olish ishlarini amalga oshirdi.
Jarayonlarda Hunarmand uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i ham yaqindan hamkorlik qilib, mehmonlarga barcha yo‘nalishlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/akmtKagnqsU?si=9hg11KJRJtVQNykk" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tohir Tursunov, O‘zA