Ajrim yoqasida turgan oila yarashtirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 2025-yil 18-aprel kungi sud buyrug‘iga asosan G.Yu.ning foydasiga uning tarbiyasidagi ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun qarzdor S.M.ning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Ushbu sud buyrug‘i yuzasidan Majburiy ijro byurosi Ellikqal’a tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Olib borilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari natijasida qarzdor va undiruvchi sobiq turmush o‘rtog‘i bilan birga yashash istagi yo‘q emasligini bildirishgan.
Taraflar Byuroning Xo‘jayli tuman bo‘limiga chaqirtirilganida, ular o‘zaro kelishishganini bildirgan. Natijada ajrim yoqasida turgan oila yarashtirilib, voyaga yetmagan farzandlar to‘laqonli oilaviy muhitda voyaga yetadigan bo‘ldi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri