Agrar taraqqiyot yölida xalqaro hamkorlik
Qişloq xöjaligida ilmiy yondaşuv, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion işlanmalardan samarali foydalaniş agrar sohani barqaror rivojlantirişning muhim omillaridan biridir.
Bu borada Özbekistonda şakllangan ilmiy-tadqiqot tajribasi, yangi işlanmalarni amaliyotga joriy etiş va soha mutaxassislarining bilim-könikmalarini oşirişga qaratilgan işlar xalqaro hamkorlik doirasida ham qiziqiş uyğotmoqda.
Xususan, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiz, Tojikiston va Turkmaniston vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyati, uning ilmiy salohiyati hamda innovatsion işlanmalari bilan tanişdi.

Taşrif “Agrar va suv xöjaligi sohasida barqaror boşqaruv va samaradorlik” maxsus xalqaro öquv-amaliy tanişuv dasturi doirasida taşkil etildi. Mazkur dastur Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi hamda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti taşabbusi bilan ötkazildi. Dastlab markaz direktorining örinbosari — ilmiy majmua rahbari Aziz Bahodirov mehmonlarga muassasaning asosiy maqsad va vazifalari, ilmiy-tadqiqot salohiyati, agrar sohada bilim va innovatsiyalarni joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berdi.

Qayd etilganidek, Prezidentimizning tegişli farmoniga muvofiq, Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi negizida Özbekiston qişloq xöjaligi fanlari akademiyasi taşkil etilgan. Bu taşabbus agrar sohada ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş, ularning natijalarini işlab çiqarişga keng joriy etiş va mavjud ilmiy salohiyatdan samarali foydalanişga xizmat qiladi.
Şuningdek, Akademiya tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba stansiyalari va uruğçilik xöjaliklari faoliyati haqida söz yuritildi. Xususan, yangi ekin navlarini yaratiş, genetik resurslarni saqlaş, uruğçilikni rivojlantiriş, çorvaçilik mahsuldorligini oşiriş hamda suv resurslaridan oqilona foydalaniş yönalişlarida olib borilayotgan ilmiy izlanişlar haqida maʼlumot berildi.

Uçraşuvda Respublika agroxizmatlar markazi bölim boşliği Obidjon Salimov ham ilmiy yutuqlarni qişloq xöjaligi işlab çiqarişiga integratsiya qiliş, ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş mexanizmlari yuzasidan taqdimot ötkazdi. Taʼkidlanganidek, agroxizmatlar markazi orqali 17 ta yönaliş böyiça 100 dan ortiq xizmat “Yagona darça” tamoyili asosida körsatilmoqda. Agrokonsalting, öquv kurslari, dala namoyişlari va raqamli vositalar orqali ilğor agrotexnologiyalarni ommalaştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tadbir davomida xorijiy delegatsiya vakillari ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan taşkil etilgan körgazma bilan ham tanişdi. Unda olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy işlanmalar, yangi navlar va innovatsion yeçimlar namoyiş etildi. Mehmonlar, şuningdek, Qişloq xöjaligi sohasi kadrlar malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş instituti faoliyati bilan tanişib, agrar soha mutaxassislarini tayyorlaş, ularning kasbiy bilim va könikmalarini takomillaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot oldi.

Ayniqsa, Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan “aqlli” issiqxonalardagi iş jarayonlari delegatsiya aʼzolarida katta qiziqiş uyğotdi. Ular zamonaviy boşqaruv tizimi, işlab çiqariş jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etiş va issiqxonalar imkoniyatlari bilan qiziqdi. Mazkur işlar haqida mutaxassislarga öz savollarini berdi.

Xorijiy mehmonlar Özbekiston agrar sohasida erişilayotgan ilmiy natijalar, tadqiqotlarning işlab çiqariş bilan uzviy boğlangani va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etiş borasida töplangan tajribani yuqori baholadi.
Mazkur xalqaro öquv-amaliy dastur Özbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon örtasida agrar hamda suv xöjaligi sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaş, özaro tajriba almaşiş va ilğor boşqaruv yondaşuvlarini ommalaştirişga xizmat qiladi.
A.Musayev,ÖzA