Afğoniston delegatsiyasi Andijonda
Afğoniston qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri örinbosari Sadr Aʼzam Usmaniy rahbarligidagi delegatsiya rasmiy taşrif bilan Andijon viloyatiga keldi.
Afğonistonlik mehmonlar Andijon xalqaro aeroportida viloyat hokimligi mutasaddilari, keng jamoatçilik vakillari tomonidan özbekona mehmondöstlik bilan kutib olindi.
Maʼlumki, keyingi yillarda Özbekiston va Afğoniston davlatlari örtasida iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy va boşqa qator sohalardagi hamkorlik kölami kengayib bormoqda.
Ikki mamlakat örtasidagi döstona, özaro manfaatli qöşniçilik munosabatlarni yanada mustahkamlaş, qolaversa, Andijon va Afğoniston hududlari örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş, yangi loyihalarni birgalikda amalga oşirişga qaratilgan işlar olib borilmoqda.
[gallery-32408]
Taşrif doirasida Andijon viloyati va Afğoniston hududlari örtasida mavjud iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalaniş, yangi istiqbolli loyihalarni belgilaş va özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş maqsad qilingan.
Mehmonlar taşrifning birinçi kunida Andijon viloyatida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, viloyatning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanişiş maqsadida qator işlab çiqariş obʼektlarida böldilar.
Dastlab mehmonlar Andijon tumanidagi paxta uruği tayyorlaş borasida olib borilayotgan işlar bilan tanişdi. Bu yerda paxtaning ertapişar va serhosil navlari uruğlarini tayyorlaş, saqlaş, ximiyaviy işlov beriş jarayonlari, şuningdek, mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan qişloq xöjaligi texnikalari körgazmasini közdan keçirdi.
Şundan söng mehmonlar Asaka tumani Fayzobod mahallasida “Asakaagrostar” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan 5 gektar yerda barpo etilgan zamonaviy issiqxona xöjaligida bölib, bu yerda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilini joriy etiş, şu orqali tomorqadan samarali foydalaniş, aholi daromadini oşiriş borasida olib borilayotgan işlar, mahallada issiqxona xöjaligini yuritiş, sabzavot köçatlari yetiştiriş, aholi daromadini oşiriş borasida şakllangan ilğor tajribalar bilan tanişdi.
Asaka tumanining “Yangi hayot” massivi hududida barpo etilgan “Uzum boği” ekoturizm majmuasi, yaʼni hududning tabiiy imkoniyatlaridan keng foydalangan holda taşkil etilgan zamonaviy ekoturizm va agroturizm maskani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Qariyb 190 gektar maydonni egallagan “Uzum boği” ekoturizm majmuasida kapsula şaklidagi 4 ta dam oliş joyi, 5 ta ötov, yaşil manzarali landşaft, arçazor, 30 gektar manzarali daraxtzor, oilaviy restoran va turli attraksionlar mavjud. Şuningdek, hududda 14 ming kub metr siğimli membranali suv havzasi qurilib, boğni tomçilatib suğoriş tizimi orqali suğoriş yölga qöyilgan.
Afğonistonlik mehmonlar Asaka tumanidagi "Baraka hamkor parranda" masʼuliyati çeklangan jamiyati parrandaçilik kompleksida ham bölib, tuxum va parranda göşti yetiştiriş, parrandalar seleksiyasi, naslçilik yönalişlarida olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi.
Şundan söng mehmonlar Andijon tumani, Teraktagi mahallasidagi “Ipak yöli” sanoat hududida faoliyat olib borayotgan qator korxonalar - “Tian Jiao Hongan Agriculture Hightech” xorijiy korxonasining “Qalampir mahsulotlarini çuqur qayta işlaş sanoat parki”, şuningdek, mini gidrostansiyalar uçun uskuna, dastgoh hamda elektr jihozlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Andijan Jun Lun” xorijiy korxonasi hamda elektr avtobus işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Silk Road Cambell Avtomobile” korxonasining faoliyati, korxonalardagi işlab çiqariş jarayonlari bilan tanişdi.
Söng mehmonlar Andijonning öziga xos ramziga aylangan Bobur nomli milliy istirohat boğiga ham taşrif buyurdilar.
Şuningdek, mehmonlar Zahiriddin Muhammad Boburning ramziy qabrini ziyorat qildilar. Maʼlumki, Boburning ramziy maqbarasiga Bobur Mirzoning Agra va Kobuldagi qabrlaridan olib kelingan hoki joylangan.
Afğoniston delegatsiyasining Andijon viloyatidagi rasmiy safari davom etmoqda.
Faxriddin Ubaydullayev,
Zuhriddin Umrzoqov (foto),
ÖzA muxbirlari