Abdusattorov Xongga qarşi bahslar oldidan 7 oçkoga ega
Sakkiz partiyadan söng Firuja 13 oçko bilan A guruhida peshqadamlik qilmoqda.
Vengriya poytaxti Budapeştda ötayotgan Total Chess World Championship Tour Pilot 2026 musobaqasining tezkor klassika bahslarida Nodirbek Abdusattorov AQSH vakili Levon Aronyan bilan ikki bor durang öynadi. Özbekistonlik grossmeyster birinçi partiyada oq, ikkinçisida qora donalarda öynadi. Ikki durangdan söng uning hisobidagi oçkolar 5 tadan 7 taga yetdi.
Abdusattorov sakkiz partiyada bir ğalaba, tört durang va uç mağlubiyat qayd etdi. U polşalik Yan-Kşiştof Duda bilan ikki partiyaning birida ğalaba qozondi, ikkinçisida esa yutqazdi. Alireza Firuzja va Jorden van Forestga qarşi bahslarda hamyurtimiz bittadan durang va mağlubiyat qayd etgan edi. Bu bosqiçda ğalaba uçun 3, durang uçun 1 oçko beriladi.
Sakkiz partiyadan söng Firuja 13 oçko bilan A guruhida peshqadamlik qilmoqda. Duda va van Forest 11 tadan, Aronyan va Endryu Xong 9 tadan oçko jamğargan. Abdusattorov 7 oçko bilan guruhda oltinçi örinda bormoqda.
Abdusattorov 15-noyabr kuni guruh bosqiçining sönggi ikki partiyasini Xongga qarşi ötkazadi. U birinçi bahsda qora, ikkinçisida oq donalarda öynaydi. Bir ğalaba va bir durang hamyurtimizga Xongdan özib ketiş uçun yetarli böladi. Guruhdagi yakuniy örinlar keyingi bosqiçdagi taqsimotni belgilaydi.