Javohir Sindarov: «Köp şaxmatçilar butun umr öynab ham jahon toji üçün kuraşiş imkoniyatiga ega bölmaydi. Menda esa bu imkoniyat bor!»
Jahon çempionligi matçi 24-noyabr kuni Jeneva yaqinidagi Kolonyi şahriçasida, Martin Bodmer fondida boşlanadi
22-noyabr kuni Jenevadagi BMT Millatlar saroyida 2026-yilgi jahon çempionligi matçi oldidan rasmiy matbuot anjumani bölib ötdi. Amaldagi jahon çempioni Gukeş va da’vogar Javohir Sindarov jurnalistlarning savollariga javob berdi.
«Menda esa bu imkoniyat bor»
Javohir Sindarov Nomzodlar turniridagi ğalabasidan keyingi olti oy qanday ötganini esladi. Uning aytişiça, vaqt u öylagandan ança tez ötgan.
«Jahon toji üçün kuraşişdan juda xursandman. Köp şaxmatçilar butun umr şaxmat öynab ham bunday imkoniyatga ega bölmaydi. Menda esa bu imkoniyat bor. Bu imkoniyatdan imkon qadar zavq olişga harakat qilaman».
Gukeş: «Unvonni qaytadan qölga kiritiş üçün keldim»
AFP jurnalisti Gukeşdan jahon çempionligi unvonini himoya qiliş uni qölga kiritişdan qiyinroqmi, deb söradi. Uning javobi qisqa va qat’iy böldi.
«Men bu yerga biror narsani himoya qiliş üçün kelganim yöq. Men unvonni qaytadan qölga kiritiş üçün keldim».
Sindarov ğalaba imkoniyatini 50:50 deb baholadi
Nomzodlar turniri oldidan öz imkoniyatini 15 foiz deb baholagan Javohirdan hozirgi matç uchun qanday nisbatni tanlaşini söraşdi.
«Menimça, 50:50 deyiş töğri böladi. Bu juda qiyin matç va 14 partiyada har narsa röy berişi mumkin».
Raqiblar bir-biri haqida nima dedi?
Gukeş Sindarovning barqaror va kuchli öyinini yuqori baholadi. Uning fikriça, Javohir hozir özining eng yaxşi formasida va unga qarşi matç haqiqiy sinov böladi.
Sindarov Gukeşning 2024-yildagi natijalarini «fantastik» deb atadi. Bu yil Tata Steel turnirida unga qarşi öynaganida raqibining naqadar kuchli ekanini his qilganini aytdi. Şuningdek, uning oxirigacha kuraşa olişini alohida e’tirof etdi.
Matçga ikki xil tayyorgarlik
Javohir Nomzodlar turniridan keyin ham köp musobaqalarda qatnaşganini tajriba orttiriş istagi bilan izohladi. U faoliyatida bu darajadagi kuchli turnirlarda hali köp öynamaganini va öz qaroridan mamnun ekanini bildirdi.
Gukeş esa jamoasi bilan bu yilgi turnirlar sonini kamaytirişga qaror qilgan. U Sindarovning köproq öynaganidan hayron bölmaganini aytdi.
Sindarovga kimlar yordam beryapti?
Javohir matçga tayyorgarlikda Roman Vidonyak, Muhiddin Madaminov va Nikita Vitiugov yordam berayotganini ma’lum qildi. Jamoasining qolgan a’zolarini matçdan keyin oçişini aytdi.
Gukeş esa Grjegoj Gajevski bilan işlayotganini tasdiqladi. U ham boshqa yordamçilari haqida keyinroq gapirişini bildirdi.
Sindarov: «2025-yilgacha jiddiy işlamaganman»
Bolalikda nimalardan voz keçgani haqida söralganida Javohir öz iste’dodiga doim işonganini, ammo 2025-yilgacha şaxmat ustida jiddiy işlamaganini aytdi.
«Har qanday öyinda doim ğalaba qozonişga intilaman. Şaxmat ustida jiddiy işlaşni boşlaganimdan keyin kuchaydim».
U sönggi ikki yilda köp mehnat qilganini aytib, bolalarga sevgan sohasida tinimsiz işlaşni maslahat berdi. Gukeş esa bolaligida maktabga deyarli bormaganini, ammo öz hayotidan minnatdor ekanini bildirdi.
Eng muhim maslahat va yaqinlar qöllovi
Gukeş sönggi oylarda yodida qolgan maslahatni aytdi: «Kimligingni unutma». U bu sözlarni matç davomida ham eslab yurişini bildirdi.
Sindarov esa qiyin paytlarda döstlari va oilasi birinçi bölib yordam qölini çözişini, yaqinlarining qöllovisiz yuqori natijalarga erişiş qiyinligini aytdi.
Ğalaba qozonsa, nima qiladi?
Javohir çempion bölsa nima qilişi haqida hozircha hech qanday va’da bermagan.
«Hozir faqat keyingi 20 kunga diqqatimni qaratib, özimning eng yaxşi şaxmatimni körsatişni xohlayman. Keyin nima bölişini köramiz».
Jahon çempionligi matçi 24-noyabr kuni Jeneva yaqinidagi Kolonyi şahriçasida, Martin Bodmer fondida boşlanadi. Matç 14 partiyaga möljallangan.