Namanganda murakkab kardiojarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida imtiyozli sug‘urta dasturi doirasida koronar tomirlari murakkab shikastlangan bemorlarda jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda.
Rejaga ko‘ra, 20 nafarga yaqin bemorda ana shunday jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
[gallery-31886]
Amaliyotlar filial shifokorlari tomonidan Qozog‘istondan tashrif buyurgan kardiolog mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA