O‘zbekistonni qanday ob-havo kutmoqda?
O‘zbekistonda kuz o‘zining salqin va yog‘ingarchilikli kunlari bilan davom etmoqda. Ayrim tog‘li hududlarda qor kuzatilgani esa kuzgi ob-havoning o‘zgaruvchanligini yana bir bor ko‘rsatdi.
«O‘zgidromet» mutaxassisi ma’lumotiga ko‘ra, 11–12-oktabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlari hamda Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Ayrim tog‘li joylarda sel xavfi ham mavjud.
Hafta davomida havo harorati 20–27 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Xo‘sh, kuzning keyingi kunlarida ob-havo qanday kechadi va qish oldidan qanday jarayonlar kuzatilishi mumkin? Mutaxassis bilan suhbatimizda shu savollarga javob izladik.
Nozimjon Mardonov, Doniyor Yakubov, Iskandar Ismatov, O‘zA