900 nafar harbiy xizmatçiga ipoteka asosida uy-joy berilgan
2026-yilning sentabr oyiga qadar Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga 2,5 mingga yaqin murojaat kelib tuşgan bölib, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 25 foizga kam. Murojaatlarning 1 ming 203 tasi qanoatlantirilgan, 1 ming 130 tasi böyiça huquqiy tuşuntirişlar berilgan, 72 tasi körib çiqiş jarayonida.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Xalqaro işlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasining majlisida aytib ötildi. Unda qömita aʼzolari Mudofaa vazirligida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş holatini körib çiqdilar.
Yiğilişda qayd etilganidek, Mudofaa vazirligi tomonidan murojaatlar bilan işlaş, harbiy xizmatçilarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş hamda ularning muammolarini manzilli hal etiş borasida qator işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, hisobot davrida harbiy xizmatçilarning murojaatlari asosida 900 nafar harbiy xizmatçi ipoteka asosida uy-joy bilan taʼminlangan. 810 nafar harbiy xizmatçining xizmat joyini özgartirişga oid murojaatlari ijobiy hal etilgan.

Tibbiy taʼminot yönalişida 217 ta murojaat ijobiy hal etilib, 5 ming 262 nafar harbiy xizmatçining oila aʼzolari uçun çuqurlaştirilgan tibbiy köriklar taşkil etilgan. Şuningdek, harbiy xizmatçilar va xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan yoki nogiron bölib qolgan harbiy xizmatçilarning jami 1 ming 426 nafar farzandiga oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida öqişga kiriş uçun imtiyozli tavsiyanomalar berilgan.
Murojaatlar bilan işlar yönalişida hududlarda sayyor qabullar taşkil qilingan, 24 soat faoliyat yurituvçi «15-30» qisqa raqamli «Call center» xizmati yölga qöyilgan.
Muhokamalarda qömita aʼzolari vazirlikning murojaatlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş, takroriy murojaatlarning oldini oliş böyiça taklif-tavsiyalar bildirdilar.
M.Komilova, ÖzA