9-11-noyabr kunlari ayrim metan şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin
Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Unda qayd etilişiça, "Özgidromet" maʼlumotlariga asosan 9- 11-noyabr kunlari respublikada havo harorati pasayib, yomğir, şimoliy va toğli hududlarda esa qor yoğişi kutilmoqda. Ayrim hududlarda tungi harorat - 7 darajagaça tuşişi mumkin.
Sovuq ob-havo şaroitida energiya taʼminoti barqarorligini taʼminlaş böyiça zarur çoralar körilmoqda. Gaz taʼminotida aholi xonadonlari, maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy obʼektlarga ustuvorlik beriladi.
Zarur hollarda mavsumiy isteʼmolçilar, jumladan, avtomobillarga gaz quyiş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin. Çeklovlar hokimliklar bilan kelişilgan tasdiqlangan grafik asosida joriy etiladi va isteʼmolçilar oldindan xabardor qilinadi.
Gaz taʼminotidagi muammolar böyiça 1104, gaz avariya xizmatiga 104, elektr taʼminotidagi uzilişlar yuzasidan 1154 raqamlariga murojaat qiliş mumkin.
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlari haqida "Özenergoinspeksiya"ning +998 71 208-10-15 raqami orqali xabar beriş mumkin.
Şuningdek, gaz va isitiş jihozlari, möri hamda şamollatiş tizimlarining sozligini tekşiriş, gaz plitasida xonani isitmaslik, elektr tarmoqlariga ortiqça yuklama bermaslik va isitiş qurilmalarini nazoratsiz qoldirmaslik zarur.
Energiya resurslaridan tejamkor foydalaniş va xavfsizlik qoidalariga rioya etiş muhim ahamiyatga ega.
N.Ziyodullayeva,
ÖzA