23-iyun - Xalqaro olimpiya kuni
Bugun poytaxtimizdagi muhtasham “Milliy” (“Bunyodkor”) stadionida 23 iyun - Xalqaro olimpiya kuni munosabati bilan marafon o‘tkazildi.
Bugun poytaxtimizdagi muhtasham “Milliy” (“Bunyodkor”) stadionida 23 iyun - Xalqaro olimpiya kuni munosabati bilan marafon o‘tkazildi. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan yengil atletika ixlosmandlari stadionga jam bo‘lishdi. 1 km. masofaga bo‘lgan yugurishda g‘olib va sovrindor bo‘lganlar Milliy olimpiya qo‘mitasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Olympic day” tadbirining ikkinchi qismi kech soat 18:00 da sportchilarning qizg‘in chiqishlari bilan davom ettiriladi. Olimpiya o‘yinlariga kirgan barcha sport turlari o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ladi. Tadbir futbol-shousi bilan nihoyasiga yetadi.