2026-yilning eng muhim sözi eʼlon qilindi
Nufuzli “Cambridge Dictionary” luğati “human” (inson) sözini yil sözi deb eʼlon qildi. Leksikograflarning fikriça, uşbu tanlov sunʼiy intellektning inson tafakkuri, ijodkorligi va öziga xosligiga, şuningdek, butun jamiyatga körsatayotgan taʼsiri bilan boğliq xavotirlarni aks ettiradi.
Mazkur söz sunʼiy intellekt jadal rivojlanib, kundalik hayotimizga tobora çuqur kirib borayotgan bir şaroitda inson va maşina örtasidagi farqni teran anglaşni ifodalaydi.
“Cambridge Dictionary” luğati leksikografi Kolin Makintoşning qayd etişiça, sunʼiy intellekt taraqqiyoti inson tabiati haqidagi tasavvurlarni özgartirmoqda.
– Fikrlaş qobiliyatimizni sunʼiy intellektga topşiriş oqibatida odamlar nimalarni yöqotişi mumkinligi haqidagi xavotirlar bizni uşbu texnologiyaga qay darajada tayanayotganimizni qayta körib çiqişga undadi, – deydi luğatşunos.
Lotinça “humanus” sözidan olingan “human” atamasi xudolar, hayvonlar yoki maşinalardan farqli ölaroq, insonga xos fazilatlar, kamçiliklar va tuyğularga ega bölişni anglatadi.
Luğatda, şuningdek, taniqli tadqiqotçilarning fikrlari ham keltirilgan. Xususan, sunʼiy intellekt böyiça yetakçi olim, Nobel mukofoti laureati Jeffri Xinton mazkur yönaliş rivojidan xavotirda ekanini bildirib: “Biz özga sayyoralik mavjudotlarni yaratyapmiz, biroq men insonlarni tanlayman”, deya taʼkidlagan.
– Sunʼiy intellekt “biz kimmiz va inson böliş nimani anglatadi?” degan savolga qayta murojaat qilişga undaydi, – deydi Kembrij universiteti professori Reyçel Adams. – Bu texnologiya insoniyat uçun jiddiy sinov bölib, tengsizlikni çuqurlaştirişi ham, bartaraf etişi ham mumkin.
Aziza Alimova, ÖzA