Kuz-qish mavsumiga hozirlik deputatlar e’tiborida
Ayni kunlarda havo salqinlab, kuz nafasi ufurmoqda. Hademay, uning ortidan qish ham yetib keladi. Bu esa turar joylarni, ayniqsa, ijtimoiy soha ob’ektlarini, kommunal tarmoqlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishni taqozo etadi.
Bu borada barcha hududda tegishli mutasaddilar tomonidan zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarining borishi xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlarining ham doimiy e’tibor va nazoratida bo‘lib turibdi. Xalq vakillari hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, zarur amaliy ko‘maklarni ko‘rsatishga e’tibor qaratishmoqda.
Ayniqsa, ta’lim muassasalarida bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, isitish tizimlarini soz holga keltirish va yoqilg‘i zaxirasini g‘amlash masalalari dolzarb ahamiyatga ega. Bu borada “Adolat” SDPning Mingbuloq tuman Kengashidagi deputatlari ham tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlarining mavsumga tayyorgarlik holatlarini ko‘zdan kechirishmoqda. Jumladan, "Birlashgan" mahallasidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganishlarda ma’lum bo‘lganidek, hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabga 102 tonnadan ortiq, 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga 42,5 tonnaga yaqin ko‘mir yetkazib berilgan.
Xalq vakillarining o‘rganishlari natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar barcha hududda tizimli ravishda amalga oshirilib, mavsumni betalafot o‘tkazish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani e’tiborga molik.
M.Komilova, O‘zA