Xalqaro ekspertlar ishtirokida Oʻzbekistonda taʼlim tizimi, xususan, xalq taʼlimi faoliyatini yana-da rivojlantirish, tizim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tubdan takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan onlayn uchrashuvda bu qayd etildi.

Uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Respublika taʼlim markazi hamkorligida bir qator xalqaro taʼlim ekspertlari ishtirokida oʻtkazildi.

Amerikalik xalqaro taʼlim eksperti va Prezident maktablarida faoliyat olib borayotgan amerikalik oʻqituvchilar bilan taʼlim muassasalari rahbarlari, pedagoglari va mutaxassis xodimlarining kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish, qayta tayyorlash va malaka oshirishning yangi shakl va mexanizmlarini joriy etish yuzasidan fikrlashildi. 

Shuningdek, tizimdagi taʼlim mazmunini takomillashtirish boʻyicha birgalikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv reja va dasturlarini zamon talablari asosida qayta koʻrib chiqish va xalqaro tajribalar asosida birgalikda ishlab chiqish boʻyicha hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.

Amaldagi davriy ravishda olib borilayotgan pedagoglarning malaka oshirishini ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini taʼminlaydigan oʻqitishning uygʻunlashgan hamda ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan shakllarini joriy etish borasida soʻz bordi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, xalq taʼlimi xodimlarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish imkoniyatini yaratish, sohaga kredit-modul tizimini joriy etish, pedagoglarga turli shakl va vositalardan foydalangan holda kasb mahoratini oshirishga doir imtiyozlar berish, sohaga nodavlat taʼlim sektorini jalb etish zarur. Mazkur yoʻnalishda xalq taʼlimi tizimida rahbar kadrlarni menejment, marketing, “xulq-atvor” iqtisodiyoti, “aqlli” boshqaruv, raqamlashtirish va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oʻqitish davr talabidir. 

Bunda xalqaro tajribalardan kelib chiqib, maxsus dasturlar asosida oʻqitishni yoʻlga qoʻyish va soha xodimlari uchun muammolarga yoʻnaltirilgan modulli oʻquv dasturlari, seminar, konferensiya, vebinar, mahorat darslari, simulyatsion treninglar negizida har yili malaka oshirishni nazarda tutuvchi uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish rejalashtirildi.

Pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishda, yaʼni ularning “butun hayot davomida oʻqish” tamoyili asosida uzluksiz kasbiy taʼlimini taʼminlashda tizimning barcha ishtirokchilari, yaʼni oliy taʼlim va malaka oshirish muassasalarining birgalikdagi faoliyati muhimdir. Mazkur faoliyatni yagona yondashuv asosida muvofiqlashtiruvchi hujjat –pedagoglarning kasbiy standartini yaratish kerak boʻladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq taʼlimi tizimida rahbar kadrlarni menejment, marketing, “xulq-atvor” iqtisodiyoti, “aqlli” boshqaruv boʻyicha oʻqitish – davr talabi