Mazkur masalada atroflicha tahlillar olib borish, xalqaro tajribalarni oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi

Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim muassasalarining oʻquvchilari 2021-yilda tashkil etiladigan PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida ilk bor ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Mazkur masala boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni hamda hukumatning tegishli qarori qabul qilingan boʻlib, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Unga koʻra, xalqaro PISA tadqiqotining reytingida 2030-yilga borib dunyoning ilgʻor birinchi 30 ta mamlakatlari qatoriga kirishga erishish vazifalari qoʻyilgan. Xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik koʻrish borasida muhtaram prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomalarida ham alohida taʼkidlab oʻtildi.

Mazkur masalada atroflicha tahlillar olib borish, xalqaro tajribalarni oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, PISA tadqiqoti boʻyicha xalqaro arenada munosib oʻrin egallash, bu shunchaki raqam emas, balki uning ortida turgan mashaqqatli mehnat, taʼlim sifati, kadrlar salohiyati, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalari, oʻquv dasturlari va darsliklar, taʼlim muassasalarining moddiy-texnik taʼminoti, bir soʻz bilan aytganda, milliy taʼlim tizimining qanchalik tayyor ekanligi bilan bogʻliq hisoblanadi.

Xalqaro baholash dasturlarining taʼlim tizimi rivojlanishi va taʼlim sifatiga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash hamda kelgusidagi strategik vazifalarni belgilab olishda oʻziga xos oʻrin tutadi.

Ushbu maqolada, PISA tadqiqoti natijalari va tahlillarini amalga oshirishda koʻp yillik tajriba asosida xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan baʼzi fikrlar haqida toʻxtalib oʻtishga harakat qildik. Mazkur maqola, PISA dasturining asoschisi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Taʼlim masalalari boʻyicha departamenti rahbari Janob Andreas Shlyaherning “XXI asr maktab tizimini qanday qurish mumkin?” nomli monografiyasi asosida tayyorlandi.

Unda, taʼlim sohasidagi rivojlanishlar, yutuqlar bilan dunyo taʼlim tizimida munosib oʻrin egallab turgan davlatlarning tajribalari, ularning ushbu yutuqlarga erishishlarida PISA tadqiqotining oʻrni haqida yoritib beriladi.

Taʼlim sohasidagi davlat siyosatini belgilashda doimiy ravishda vujudga keladigan muammolarni hal qilib borishga zaruriyatning mavjudligi, oʻz navbatida axborot va maʼlumotlarni tezkorlik bilan toʻplash hamda ilmiy kashfiyotlar qilishni ham tez surʼatlarda amalga oshirish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Lekin, bu kabi maʼlumotlar tasodifiy voqealar asosida toʻplanmasligini unutib qoʻymaslik lozim.

PISA tadqiqoti asosida olingan maʼlumotlar qanchalik keng qamrovli va qimmatli boʻlishiga qaramasdan, hanuzgacha koʻplab savollarni javobsiz qoldirmoqda. Tadqiqot natijalari maʼlum bir vaqtning oʻzida taʼlim tizimlari haqidagi tasavvurlarni goʻyoki fotosurat singari qayd qilib boradi, ammo, bu natijalar maktab tizimlarining hozirgi darajaga qanday yetib kelganliklarini, ularning rivojlanishiga qaysi omillar hissa qoʻshgan yoki toʻsqinlik qilganligini koʻrsatmaydi va koʻrsata olmaydi ham. Ushbu olingan maʼlumotlar, taʼlim tizimida erishilgan yutuqlar va kamchiliklarning sabab va oqibatlari haqida toʻliq tasavvurni anglatmaydi. Omillarni bir-biriga bogʻlash ham koʻpincha chalgʻitadi: misol uchun, agar qushlar har kuni quyosh chiqqanda sayrasa, bu ularning sayrogʻi tufayli quyosh koʻtarilayotganligini anglatmaydi.

Bir soʻz bilan aytganda, muvaffaqiyatli taʼlim tizimlaridagi mavjud vaziyatni bilishning oʻzi, bizga qoloq tizimlarni qanday yaxshilash haqidagi savolimizga javob beradi degani emas. Bu xalqaro tadqiqotlarning ham imkoniyati chegaralanganining bir misoli boʻlib, tahlilning boshqa shakllaridan ham foydalanishni taqozo etadi. PISA maktab tizimini boshqarish uchun nimalar qilish kerakligi haqida koʻrsatmalar bermaydi, balki turli mamlakatlarning pedagogik amaliyotlari toʻgʻrisida jahon hamjamiyatini xabardor qiladi, bu — uning kuchli tomonidir.

Shunday ekan, taʼlim siyosatini belgilashda xalqaro tadqiqotlar natijalaridan oʻziga xos tajribalarni oʻzlashtirishdan oldin, bu natijalarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarining oʻzaro bogʻliqligini oʻrganish lozim.

Ular turli davlatlarning xalqaro tadqiqot natijalarini taqqoslash orqali oʻz mamlakatlarining taʼlim siyosati uchun manfaatli boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻlishlari mumkin, goʻyoki, ishbilarmon odamlar boshqa rivojlangan kompaniyalar tajribasidan ilhom olib, olingan saboqlarni oʻz holatlariga moslashtirgan holda oʻz kompaniyalarini muvaffaqiyatlarga yoʻnaltirishni oʻrganganlari singari.

Buning uchun, qiyosiy tahlilning turli shakllari, masalan, mamlakatlarning taʼlim sifati va samaradorligini oʻrganish hamda mamlakatlarning bu koʻrsatkichlaridagi oʻzaro farqlarni tahlil qilish, ushbu mamlakatlar taʼlim tizimining oʻziga xos xususiyatlarini baholash kabi usullardan foydalanishlari mumkin.

Ushbu yondashuvning asosiy tadqiqotchilaridan biri 1988-yildan beri AQSHda Taʼlim va iqtisodiyot yoʻnalishlari boʻyicha Milliy markazni (National Center on Education and the Economy) boshqarib kelayotgan Mark Takerdir. U 2009-yilda bir qator tajribali tadqiqotchilarni toʻpladi hamda PISA tadqiqotlarida ishtirok etib kelayotgan, taʼlim tizimi jadal rivojlanayotgan yetakchi davlatlarning tajribasini tahlil qilish asosida AQSH taʼlim tizimi uchun tavsiyalar ishlab chiqishga bel bogʻladi. Tadqiqot davomida tarixchilar, siyosatchilar, iqtisodchilar, taʼlim sohasidagi mutaxassislar, oddiy fuqarolar, jurnalistlar, tadbirkorlar va oʻqituvchilar bilan suhbatlashildi. Takerning bu tashabbusi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan olib borilayotgan amaliy tadqiqotlarini turli kasb vakillari va aholi qatlamlarining qiziqarli qarashlari va foydali takliflari bilan toʻldirdi hamda keyinchalik salmoqli tadqiqotlar uchun zamin yaratdi.

Mamlakat taʼlim tizimining individual rivojlanishini tahlil qilish shu mamlakatning tarixini, anʼanaviy qadriyatlarini, kuchli tomonlari va oʻziga xos milliy muammolarini ham oʻrganishni talab etadi. Takerning qiyosiy tadqiqotlari taʼlim sohasida yaxshi natijalar bilan ajralib turadigan mamlakatlarning taʼlim siyosatidagi kutilmagan xususiyatlarni ochib berdi:

Yuqori samarali taʼlim siyosatiga ega mamlakatlar oʻz fuqarolarini resurslarni qisqa muddatli maqsadlarga sarflashdan koʻra, taʼlim orqali kelajakka sarmoya kiritishga sarflash manfaatli ekanligiga va ishchi kuchining narxi uchun emas, balki sifati uchun kurashish lozimligiga ishontirdilar.

Taʼlimning yuqori mavqei – bu tenglamaning faqat bir tomonidir. Uning ikkinchi tomoni esa – bu nafaqat iqtidorli oʻquvchilar, balki har qanday oʻquvchi yaxshi oʻzlashtira olishi mumkinligiga boʻlgan ishonchdir. Baʼzi mamlakatlarda faqat oz sonli kishilargina yaxshi natijalarga erisha olishi mumkin degan fikr mavjud. Ammo, PISA tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, bunday qarash ijtimoiy nomutanosiblikni kuchaytiradi. Bundan farqli oʻlaroq, Estoniya, Kanada, Finlyandiya va Yaponiya kabi turli mamlakatlarda ota-onalar va oʻqituvchilar har bir oʻquvchi yuqori talablarga javob bera olishiga ishonishadi. Ushbu ishonch dars jarayonidagi talabalar va oʻqituvchilarning xatti-harakatlarida namoyon boʻladi. Bunday tizimlardagi taʼlim munosabatlarining ishtirokchilari talabalarning qobiliyatlari, isteʼdod va qiziqishlarini aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, balki har bir oʻquvchida ushbu xususiyatlarni rivojlantirishdek natijalarga erishdi.

Eng yaxshi maktab tizimlari taʼlim standartlaridan chetga chiqmagan holda oʻquvchilarning taʼlimga oid turli xil ehtiyojlarini aniqlab, tabaqalashtirilgan pedagogik taʼlim orqali bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan. Ushbu tizimlarda insonlar oddiy talabalar ham gʻayrioddiy isteʼdodlarga ega boʻlishi mumkinligini tan olishadi va shuning uchun barcha talabalar yuqori taʼlim standartlariga javob berishlari uchun oʻzlarining bor imkoniyatlarini safarbar qilishadi. Bundan tashqari, ushbu tizimlardagi oʻqituvchilar oʻz kuchlari, vaqtlari va mablagʻlarini nafaqat oʻquvchilarining oʻzlashtirishiga, balki ularning farovon yashashiga ham sarflaydilar.

Hech qaysi mamlakatda maktab tizimining sifati oʻqituvchilarni tayyorlash sifatidan yuqori boʻla olmaydi. Shuni inobatga olgan holda, taʼlim tizimi sifatini oshirish uchun eng avvalo pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini yuqori bosqichga koʻtarish lozim. Eng yaxshi taʼlim tizimi amal qiluvchi mamlakatlarda oʻqituvchilarning bilim salohiyatiga katta eʼtibor beriladi, ularning davriy ravishda oʻqitib boriladi, oʻqituvchilarga, ayniqsa qiyinchiliklarga duch kelgan yosh oʻqituvchilarning malaka oshirishlariga koʻmaklashiladi va kasbiy standartlarga muvofiq ish haqi tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, bunday mamlakatlarda oʻqituvchilarning eng yaxshi pedagogik tajribalarni oʻrganishlari, hamkorlikda ishlashlari, kasbiy oʻsishi hamda shaxsiy karyera pogʻonalariga koʻtarilib borishlari uchun sharoit yaratiladi.

Yuqori samarali maktab tizimlari rahbarlarining birinchi galdagi vazifalari – bu oʻquvchilarning oʻzlashtira olish imkoniyatlarini oʻrganish va bu oʻquvchilarga oʻqituvchilar tomonidan nimalarni oʻrgatishi lozimligini aniqlashdan iboratdir. Bunday davlatlar allaqachon maʼmuriy boshqaruv va qogʻozbozlik tizimidan voz kechib, mehnatni tashkil etishning professional shakllariga oʻtganlar. Ular oʻqituvchilarning innovatsion faoliyatlarini ragʻbatlantiradilar, nafaqat individual balki jamoaviy faoliyat samaradorligini oshirishga yordam beradigan professional rivojlanishni qoʻllab-quvvatlaydilar. Yetakchi maktab tizimlarida maʼmuriyat va oʻqituvchilar iyerarxik munosabatlardan uzoqlashishga va pastdan yuqoriga qarab rivojlanishga harakat qilmoqdalar. Shu bilan birga, ular oʻqituvchilar yoki maktablar oʻrtasidagi gorizontal aloqalarni mustahkamlashga, hamkorlik madaniyati va kuchli innovatsion tarmoqlarni yaratishga harakat qilmoqdalar.

Eng samarali maktab tizimlari har bir oʻquvchiga ilgʻor pedagogik tajribalar asosida yuqori darajadagi bilim beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun murakkab boshqaruvga ega boʻlgan maktablarga eng tajribali direktorlar va eng past oʻzlashtiruvchi sinflarga esa eng mahoratli oʻqituvchilar jalb qilinadi.

Va nihoyat, yana bir muhim tomoni shundaki, yuqori samarali taʼlim tizimlari belgilangan oʻquv kursining hamma joyda amalga oshirilishini nazorat qiladi. Ular uzoq vaqt davomida taʼlim siyosatining muvofiqligini taʼminlaydi va uning izchillik bilan amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Jamshid Narziyev,

Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi

Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarali maktab tizimlari nima va bunda xalqaro tadqiqotlarning oʻrni qanday?