Abituriyentlar uchun avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
Onlayn
Bu yilgi vaziyat va sharoit sabab, testlar stadion va bog‘larda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu bois abituriyentlarning belgilangan joyga yetib borishi, imtihonlarga kechikmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorovning aytishicha, ayni vaqtda hududlarda tuman hokimliklari tomonidan abituriyentlar uchun transport tashkil qilish choralari ko‘rilayapti. Tez orada mahallalar bo‘yicha suhbatlar ham tashkil etiladi. Abituriyentlar uchun avtobusda borish kerak, degan majburiyat yo‘q. Agar pandemiya sharoitida o‘zi belgilangan joyga vaqtida yetib bora olsa, demak, u avtobusda bormasligi ham mumkin.