“Zo‘r-TV”dagi holat bo‘yicha izoh berildi
“Zo‘r-TV” telekanali mas’ul muharriri Ma’rufxo‘ja Xo‘jaqulov bugun soat 12:09da telekanal joylashgan hududda 2 nafar noma’lum shaxs portlovchi modda o‘rnatayotganligi haqidagi xabarga izoh berdi.
Uning ta’kidlashicha, ayni paytda telekanal hududida xavfli bo‘lgan portlovchi moddalar aniqlanmagan, xavotirga asos yo‘q. Shuningdek, Toshkent shahar IIBB voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Hozirda “Zo‘r-TV” telekanali o‘z ish faoliyatini doimgidek olib bormoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
O‘zA