Ziddiyatning bu yil to‘xtashi amrimahol...
Rossiya-Ukraina
AQSH Prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Shimoliy Irlandiyada ko‘rishdilar, uchrashuv chog‘ida Ukraina atrofidagi ziddiyat muhokama qilindi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining Yevropa ishlari bo‘yicha katta direktori Amanda Sloat ma’lum qildi.
“The Washington Post” gazetasining internetga sizdirilgan maxfiy ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, AQSHning razvedka boshqarmasi Moskva va Kiyev o‘rtasida bu yil tinchlik muzokaralari o‘tkazilishi ehtimoli kam, deb hisoblaydi.
“Barcha ssenariylarni o‘rganib chiqish shuni ko‘rsatmoqdaki, 2023 yilda ziddiyatni to‘xtatishning imkoni mavjud emas”.
Belarus Ukraina mojarosida yarashuv va muzokaralarni boshlash taklifini kiritdi, deb ma’lum qildi Vengriyada bo‘lib turgan respublika tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik.
“Minskning qarashlari aniq: insonlarning o‘limini to‘xtatish zarur, zudlik bilan yarashuv e’lon qilish va kechiktirmasdan muzokaralar boshlash kerak”, deb bayonot berdi vazir.
Latviya Ukrainaga o‘zining harbiy xizmatchilarini “yordamchi funksiyalar”ni bajarish uchun yubordi.
Boltiqbo‘yi respublikasi Mudofaa vazirligiga tayanib, “Delfi” portali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, “xizmatchilar jangovor harakatlarda qatnashmaydilar”.
Jahon banki prezidenti Devid Melpasning bayonotiga ko‘ra, Ukraina 2023 yilda muhim iqtisodiy xarajatlar uchun qo‘shimcha 11 milliard dollar mablag‘ga ehtiyoji bor.
“Mamlakatni turli, xususan, energetika infratizimi, transport, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi uzoq muddatli loyihalarni qo‘llash juda muhim. Investitsiyadan tashqari, biz siyosat, islohotlar va Ukraina kelajagi uchun muhim bo‘lgan hayotiy loyihalar bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazamiz”.
AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigalem bilan suhbati davomida havo hujumidan himoya va artilleriya vositalari hamda ukrainalik harbiylarni qayta tayyorlash singari harbiy yordam masalalari muhokama qilingan.
Vashingtonda bo‘lib o‘tgan suhbat natijalari to‘g‘risida Pentagonning matbuot kotibi Patrik Rayder xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ostin va Shmigal xavfsizlik sohasida AQSH yordamlarining hisobotini ta’minlash muhim ekani to‘g‘risida kelishib oldilar.
Mingdan ortiq ukrainalik harbiylar Ispaniyada o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdilar, ayrimlarining ta’limi hali davom etmoqda, deb ma’lum qildi Qirollik mudofaa vaziri Margarita Robles.
Uning aytishicha, “shu oyning oxirigacha Kiyevga oltita “Leopard” tanki yetkazib beriladi”.
Bundan tashqari, vazir 20 ta bronetransporter yuborish to‘g‘risida hukumatning qarori borligini qayd etdi.
“Belgrad na Kiyevga, na Moskvaga qurol-aslaha sotmadi va bundan keyin ham sotmaydi”, deb bayonot berdi Serbiya mudofaa vaziri Milosh Vuchevich.
“Tanjug” agentligiga bergan suhbatida vazir “kimdir Serbiyani mazkur inqirozga tortishni juda istamoqda. Biz avvaldan tasdiqlangan siyosatimizga sodiq qolamiz”, dedi.
Abror XON,
O‘zA