Ziddiyat cho‘zilmoqda, harbiy holat uzaytirilmoqda...
Rossiya-Ukraina
Oq uy Kongressining Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkartining bundan keyin Ukrainaga yordam ko‘rsatish qarashlarini qayta ko‘rib chiqdi, AQSH Prezidenti Jo Bayden uning bu qarorini qo‘lladi. Bu haqda Oq uyning matbuot kotibi Karin Jan-Per brifingda ma’lum qildi.
Avvalroq Vakillar palatasi spikeri Vashingtonni Kiyevga moliyaviy yordam berishni keskin qisqartirishga chaqirgan edi. Endi esa u “Men Ukrainaga har qanday yordamni qo‘llayman”, deb bayonot berdi.
Yangi Zelandiya Bosh vaziri Kris Xipkins va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy orasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida Vellington tomonidan Kiyevga har tomonlama yordamni kengaytirish masalalari muhokama qilingan. Bu haqda Yangi Zelandiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Britaniya hukumati Kiyevga “Apache” vertolyotlarini berishni rejalamayapti, ammo Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyoji uchun 100 kilometrdan 300 kilometr uzoqlikka otuvchi raketalar va bronetexnika jo‘natadi. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vakili ma’lum qilgan.
Oq uy va Pentagon vakillari Zelenskiy bilan Internetga sizdirilgan maxfiy hujjatlarni muhokama qilmagan. Bu haqda prezidentning o‘zi “The Washington Post” gazetasiga suhbatda aytib o‘tgan.
“Mazkur hujjatlarning oshkor etilishi na Ukraina, na Qo‘shma Shtatlar obro‘si uchun foydasi yo‘q”.
Gazetaning ta’kidlashicha, mazkur voqea Ukraina va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasiga rahna solgan.
“Politico” gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Kiyev hokimiyati maxfiy axborotning sizdirilishidan cho‘chib, o‘ziga yordam berayotgan mamlakatlardan ham aksilhujum rejasini yashirmoqda.
AQSH Bosh kotibi Entoni Blinkenning “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Ukraina yaqin haftalarda aksilhujumlarni boshlashi mumkin, deb bayonot berdi.
Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Boris Jonsonning fikricha, hukumat Ukrainaning NATOga kirishiga tezroq ko‘maklashishi kerak.
Vengriya mudofaa vazirligi o‘z rejasini ishlab chiqayotganida Ukrainadagi ziddiyat uzoq vaqt davom etishini hisobga olmoqda, dedi vazir Krishtof Salay-Bobrovnitski.
“Vengriya hukumati tinchlik tarafdori va otashkesinni to‘xtatishga chaqiradi, ammo harbiy inqiroz uzoqqa cho‘ziladi va u Sharqiy Yevropada davom etadi”, deb vazirdan iqtibos keltirdi “MTI” agentligi.
AQSH Qurolli kuchlari Shtablar boshliqlari qo‘mitasi raisi Mark Millining “Foreign Affairs” jurnaliga bergan intervyusida Ukraina inqirozi 2023 yilda tugashiga shubha bilan qarashini ta’kidlagan.
Daniya parlamenti shu kungacha Ukrainaga yetkazib berilgan harbiy paketlarning eng kattasini yuborish to‘g‘risida qaror chiqardi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Yangi paket 260 million dollarga baholanmoqda.
So‘nggi yilda Daniya Ukrainaga 1,43 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatgan.
Ukrainadagi harbiy holat va umumiy safarbarlik yana 90 kunga uzaytirildi, deb xabar berdi Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak.
Bu parlamentda yettinchi marta harbiy holatning uzaytirilishidir.
Abror XON, O‘zA