Zamonaviy ziyo maskani
Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi Sayiljoy akademik litseyida 1 ming 136 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.
Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi Sayiljoy akademik litseyida 1 ming 136 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.Ta’lim dargohining axborot-resurs markazi 14 ming 700 ga yaqin kitob fondiga ega. Bosma adabiyotlar, elektron-axborot resurslari, elektron axborot-resurs texnologiyalari kabi bo‘limlarda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bu yerda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkaziladi. Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 23-yilligi oldidan “Siz qonunni bilasizmi?” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.