Zamonaviy tibbiyot imkoniyatlari
2020 yilning oktyabr oyida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali qoshida pulmonologiya provizor markazi ochilishi munosabati bilan bo‘limga zamonaviy raqamli rentgen flyuroskopik DRF-4 diagnostik apparati o‘rnatildi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali direktori, tibbiyot fanlari nomzodi Abduqayum To‘xtaqulovning aytishicha, bu uskuna pandemiya davrida COVID-19 kassaligi asoratlarini, xususan, pnevmoniya va boshqa kasalliklarni erta aniqlash va tashxislashda muhim vazifani bajarmoqda.
[gallery-851]
– Diagnostika uskunasi rentgen ko‘rsatmalarini turli uslubda videotasvirga olish imkoniga ega, – deydi markazning Rentgen bo‘limi mudiri Jamshid Maqsudov. – Shuningdek, kerakli modda yuborilganda daqiqalarni o‘zi hisoblaydi, tasvirlarni bir-biri bilan taqqoslay oladi. Bu uskunada bemorni 90 dan 180 gradusgacha bo‘lgan radiusda rentgenga olish mumkin. Bu esa ayrim kasalliklarga tashxis qo‘yishda katta qulaylik yaratadi.
Rentgen apparati bemorni katta yoki kichik yoshda, to‘lishgan yoki ozg‘inligiga qarab ham rentgen nurini tanlab uzatish xususiyatiga ega. Boshqaruv pultida zamonaviy multiformatli, ikki kamerali termografik printeri yordamida rentgenni plyonkaga tushirib plyonkani ikki xil o‘lchamdagi negatoskop orqali ko‘rish imkoni beradi.
Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA